Motion dizayner · Video montaj — Oʻzbekiston
Kadrlarni harakatga keltiraman.
Motion, Motion Reels va motion bilan video montaj — brendingiz uchun toʻxtatib qoʻymaydigan, eslab qolinadigan harakatlanuvchi hikoyalar.
Showreel 2026
Bir daqiqada — hammasi.
Tanlangan ishlar
Har bir kadr — oʻylangan.
Xizmatlar
Nima qila olaman?
-
01
Motion
Logo animatsiya, brend intro, kinetik tipografiya va 2D motion grafika — gʻoyadan tayyor kadrgacha. -
02
Motion Reels
Instagram Reels, TikTok va Shorts uchun vertikal 9:16 formatdagi, birinchi soniyadanoq ushlab qoladigan videolar. -
03
Video Edit [with motion]
Montaj, rang, ritm va sound — ustiga motion elementlar, titrlar va oʻtishlar bilan jonlantirilgan video.
Jarayon
Brifdan renderga.
-
V1
Brif
Maqsad, auditoriya, format va muddatni aniqlaymiz.
-
V2
Storyboard
Uslub, kadrlar ketma-ketligi va ritm — birinchi eskizlar.
-
V3
Animatsiya
Keyframe, easing, sound — har bir harakat oʻz joyida.
-
V4
Render
Tuzatishlar, yakuniy eksport va kerakli formatlar.
Men haqimda
Salom, men Gʻayratjon. Statik gʻoyalarni jonli harakatga aylantiraman.
Motion dizayn menga shunchaki “chiroyli animatsiya” emas — bu tomoshabin diqqatini boshqarish sanʼati. Har bir easing, har bir kadr va har bir soniya bitta maqsadga xizmat qiladi: xabaringiz eslab qolinsin.
Brendlar, bloggerlar va bizneslar bilan Reels, reklama va brend videolari ustida ishlayman — gʻoyadan yakuniy renderga qadar.
- Reels
- TikTok
- Shorts
- Reklama
- Brend intro
- Logo animatsiya
- 24
- kadr / soniya
- 9:16
- vertikal format
- 4K
- eksport sifati